Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» Asllani transferi bo‘yicha «Al-Jazira» bilan kelishuvga yaqin

«Inter» Asllani transferi bo‘yicha «Al-Jazira» bilan kelishuvga yaqin

Baho:
+ | -

«Inter» yarim himoyachi Kristyan Asllanining «Al-Jazira»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi. Jurnalist Janluka Di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, agar futbolchi shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olsa, transfer 26 avgust kuniyoq yakunlanishi mumkin.

Asllani BAA klubiga 1,5 million yevro evaziga ijara asosida o‘tadi. Shuningdek, kelishuvda futbolchini 5 million yevroga sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. U muayyan miqdorda o‘yin o‘tkazsa, bu shart majburiy sotib olish bandiga aylanishi mumkin.

«Neradzurri» albaniyalik futbolchini 2022 yil yozida o‘z safiga qo‘shib olgan, bir yil o‘tib esa uning transferini 15,7 million yevroga to‘liq sotib olgan.

Asllani «Inter» safida 99 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda esa u «Torino» va «Beshiktash» klublarida ijara asosida to‘p surdi.

Kiritildi: 05:11, 26.08.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик