Aleks Balde "Barselona" rahbariyatiga klubda qolish va tarkibdagi o‘rni uchun kurashish istagi borligini ma’lum qildi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Baldening hozirgi pozisiyasi qat’iy — u "Barselona"da qolmoqchi. Shu bilan birga, futbolchining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror Kataloniya klubi ixtiyorida qolmoqda. Avvalroq "Barselona" uni sotish variantini ham ko‘rib chiqqan.
Transfer oynasi yopilguniga qadar vaziyat hali o‘zgarishi mumkin. Biroq buning uchun top-klublardan biri Balde bo‘yicha yirik taklif bilan chiqishi kerak.
Avvalroq Balde o‘z agenti Jorje Mendeshga transfer oynasi yopilguniga qadar yangi klub topish vazifasini bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda futbolchi 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Balde "Barselona"ning asosiy jamoasida 2021/22 yilgi mavsumdan buyon to‘p surib kelmoqda.













