Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Kristian Moskeraga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda.
CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi bozor qiymati taxminan 35–41 million yevro atrofida baholanayotgan 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» va «Al-Nasr» klublari ham yaqin vaqt ichida rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.
Biroq «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Moskerani yuqori baholaydi va uni jamoada saqlab qolish niyatida. Bundan tashqari, Vilyam Salibaning og‘ir jarohat olgani ham himoyachining ehtimoliy ketishini yanada murakkablashtirmoqda. Saliba jarohati sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi.
Joriy mavsumda Moskera Angliya Premyer-ligasi va Angliya Superkubogida jami ikki o‘yinda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













