Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Usmon Nurmagomedov Sarukyan haqida: «Yiliga bir marta jang qiladi va dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanini aytadi»

Usmon Nurmagomedov Sarukyan haqida: «Yiliga bir marta jang qiladi va dunyodagi eng yaxshi jangchi ekanini aytadi»

Baho:
+ | -

PFLning yengil vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz chempioni rossiyalik Usmon Nurmagomedov UFCdagi ehtimoliy raqiblarining saviyasi haqida Arman Sarukyan misolida fikr bildirdi.

«Armanmi? Gamrotga ham, Islam Maxachyovga ham mag‘lub bo‘lgan. O‘tirib kutadi, yiliga bir marta jang qiladi va o‘zini dunyodagi eng yaxshi jangchi deb aytadi. Hozircha u ikkita jang o‘tkazdi, men esa chempionlik kamarimni to‘rt marta himoya qildim.

UFCda ular istaganlaricha gapirishlari mumkin. U yerda piar-mashina juda kuchli, brend ham katta. Lekin u yerda shunchalik kuchli jangchilar bor, deb aytmagan bo‘lardim.

Hozir Arman Ruffiga qarshi jang qilmoqda. Ruffi esa yaqinda Benua Sen-Deniga mag‘lub bo‘ldi. Ular bir-biri bilan jang qilishadi, yutqazishadi yoki g‘alaba qozonishadi, lekin baribir top-10da qolishadi», — deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi Sport24.

Iyul oyida Usmon Nyu-Yorkdagi PFL turnirida Archi Kolganni birinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini himoya qildi. Shundan so‘ng u erkin agentga aylandi. UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot Nurmagomedovni o‘z safiga qo‘shishdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan.

Kiritildi: 17:37, 28.08.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик