Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Moribaga Liga 1 klubidan qiziqish bor

Moribaga Liga 1 klubidan qiziqish bor

Baho:
+ | -

Ilaysh Moriba yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar klubini almashtirishi mumkin. «Selta» yarim himoyachini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

So‘nggi kunlarda futbolchi bo‘yicha bir nechta klub bilan aloqalar bo‘lgan. Ular orasida «Beshiktosh» ham bor edi. Turkiya klubi 23 yoshli yarim himoyachiga Fabio Mirettini o‘z safiga qo‘shib olguniga qadar qiziqish bildirgan, ammo yakunda italiyalik futbolchini tanladi.

Shuningdek, Moribaga Fransiya Liga 1 chempionatidagi nomi oshkor qilinmagan klub ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Transfermarkt portali gvineyalik kelib chiqishga ega ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Moriba La Liganing dastlabki ikki turida ham maydonga tushdi. «Valensiya»ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan birinchi tur bahsida u 13 daqiqa harakat qildi. «Osasuna»ga qarshi 1:2 hisobidagi ikkinchi tur o‘yinida esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Kiritildi: 18:34, 28.08.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик