Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti va Mbappe o‘g‘illarini qo‘llab-quvvatlash uchun «Pyer Morua»ga keldi

Anchelotti va Mbappe o‘g‘illarini qo‘llab-quvvatlash uchun «Pyer Morua»ga keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Karlo Anchelotti va Vilfrid Mbappe Fransiya Liga 1ning 2-turidan o‘rin olgan «Lill» — «PSJ» uchrashuvini tribunadan kuzatdi.

Juma kuni o‘tkazilgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Parijliklar so‘nggi daqiqalargacha 0:2 hisobida ortda borayotgan edi, ammo qo‘shib berilgan vaqtda ikki gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

«Pyer Morua» stadioni tribunasida Karlo Anchelotti va Vilfrid Mbappe ham bo‘lib, ular o‘z o‘g‘illarini qo‘llab-quvvatlash uchun uchrashuvga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, yozdan buyon «Lill»ni Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti boshqarmoqda. U ko‘p yillar davomida otasining murabbiylar shtabida assistent sifatida ishlagan.

Davide Anchelotti 19 yoshli yarim himoyachi Itan Mbappeni «Lill»ning asosiy tarkibida maydonga tushirdi. Kilian Mbappening ukasi 68-daqiqada almashtirildi.

Kiritildi: 05:50, 29.08.2026.
O'qildi: 1160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик