Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Keyn: «Bu faoliyatimdagi so‘nggi yirik shartnoma bo‘lishi mumkin»

Keyn: «Bu faoliyatimdagi so‘nggi yirik shartnoma bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Angliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi kelasi yozda yakuniga yetadi. Biroq tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda sezilarli oldinga siljigan. Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, yangi bitim kamida 2029 yilgacha mo‘ljallanishi mumkin.

«Muzokaralar o‘tgan hafta boshlandi. Bunday masalalar bir yoki ikki haftada hal bo‘lmaydi. Hozir gap tafsilotlar haqida ketmoqda. Men 33 yoshdaman, shuning uchun bu, ehtimol, faoliyatimdagi so‘nggi yirik shartnoma bo‘ladi. Hammasi yaxshi ketyapti», — dedi Keyn.

Manba ta’kidlashicha, har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish niyatida qat’iy.

Kiritildi: 07:17, 29.08.2026.
O'qildi: 1308 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик