«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen jamoa vingeri Maykl Oliseni yangi shartnoma bilan ta’minlash masalasi haqida fikr bildirdi.
Bu yozda fransuz futbolchisi madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar tarqaldi. «Qaymoqranglilar» qiziqishi fonida myunxenliklar Oliseni jamoada saqlab qolish uchun unga yaxshilangan shartnoma taklif qilishi mumkinligi aytilgan edi.
«Ayni paytda Olise bilan muzokara olib bormayapmiz. Uning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, shuning uchun shoshilishga hech qanday sabab yo‘q», — dedi Drizen.
Hozir «Bavariya» asosiy e’tiborni Xarri Keyn bilan yangi kelishuv tuzishga qaratgan. Angliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Maykl Olise juma kuni Bundesliganing 1-turida «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda gol urib, Vensan Kompani jamoasining 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.













