Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kimmix: «Dastlabki 25 daqiqa biz uchun yaxshi o‘tmadi»

Kimmix: «Dastlabki 25 daqiqa biz uchun yaxshi o‘tmadi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Bundesliganing 1-turida «Shtutgart» ustidan qozonilgan 5:1 hisobidagi g‘alabadan keyin jamoa o‘yiniga baho berdi.

Amaldagi chempionlar yangi mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi. «Shtutgart» 52-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan edi, ammo keyin myunxenliklar ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi.

«Bu «Shtutgart»ga qarshi odatiy o‘yin bo‘ldi — so‘nggi 30 daqiqagacha keskinlik saqlanib turdi. Har ikki jamoa ham shaxsiy qo‘riqlash asosida o‘ynadi, bu esa juda qiyin va yuqori intensivlikni talab qiladi.

Dastlabki 25 daqiqa biz uchun unchalik yaxshi o‘tmadi, ammo keyin o‘z ritmimizni topdik va, menimcha, munosib g‘alaba qozondik», — dedi Kimmix.

«Bavariya» 2 sentyabr kuni Germaniya kubogi doirasida «Osnabryuk»ka qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:44, 29.08.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик