Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

FIFA argentinalik futbolchilarga berilgan jazolarni yengillashtirdi

FIFA argentinalik futbolchilarga berilgan jazolarni yengillashtirdi

Baho:
+ | -

Argentina futbol assosiasiyasi 2026 yilgi JCH finalidan so‘ng yuz bergan janjalda ishtirok etgan jamoa a’zolariga berilgan jazolar yuzasidan FIFA’ga shikoyat yo‘llagan edi. Unda diskvalifikasiya qilingan futbolchilarga jazoni faqat rasmiy turnirlarda emas, balki yaqin oradagi “A” toifasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham o‘tashga ruxsat berish so‘ralgan.

FIFA Tartib-intizom qo‘mitasi murojaatni ko‘rib chiqib, AFA so‘rovini ma’qulladi. Bu shuni anglatadiki, diskvalifikasiya qilingan futbolchilar jazolarini tezroq o‘tab, terma jamoa safiga qaytishlari mumkin.

Shu bilan birga, Argentina futbol assosiasiyasi FIFA’dan jazolar bo‘yicha to‘liq asoslantirilgan hujjatlarni kutmoqda. Shundan so‘ng ular tashkilotning Apellyasiya qo‘mitasida e’tiroz bildirmoqchi. Agar bu ham yordam bermasa, assosiasiya yuristlari Lozannadagi Sport arbitraj sudigacha (CAS) murojaat qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 finali yakunlanganidan so‘ng Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Paredes Ispaniya futbolchilari bilan tortishib qolgan. FIFA qo‘mitasi argentinalik futbolchini uchta qoidabuzarlikda aybdor deb topib, unga 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya va 90 ming dollar jarima belgilagan edi.

Argentina terma jamoasining yana ikki futbolchisi ham jazoga tortilgan. Noel Molinaga 7 ta o‘yinlik chetlatish va 90 ming dollar jarima, Tiago Almadaga esa bir uchrashuvlik diskvalifikasiya hamda 30 ming dollar miqdorida jarima belgilangan edi.

Mazkur mojaro 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tgan JCH-2026 finalidan so‘ng yuz bergan. Unda Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Ferran Torresning goli evaziga Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempioniga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:08, 29.08.2026.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик