Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Bornmut" 91,5 million yevro talab qilmoqda

"Bornmut" 91,5 million yevro talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott transferi uchun jiddiy kurashga qo‘shildi.

Hooligan Soccer ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" 21 yoshli futbolchi uchun "Bornmut"ga 73,4 million yevro taklif qilgan, ammo bu taklif rad etilgan. "Giloslar" o‘z futbolchisini 91,5 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda "Chelsi" "Bornmut" talabiga yaqinlashadigan yaxshilangan taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, Aleks Skott atrofidagi vaziyatni "Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Siti" ham kuzatib bormoqda. Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" Enso Fernandes transferi bo‘yicha "Chelsi" bilan kelisha olmasa, Skottni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.

Angliya Premyer-ligasining 1-turida Aleks Skott 90 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Kiritildi: 10:45, 29.08.2026.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик