Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fiorentina» Zirkzee transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti

«Fiorentina» Zirkzee transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee hamon «Fiorentina»ning qiziqish doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Florensiya klubi niderlandiyalik forvard transferi bo‘yicha muzokaralarda hozircha jiddiy siljishga erisha olmagan. Muzokaralar murakkab kechayotgani sababli «Fiorentina» bir vaqtning o‘zida boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, Italiya klubi «Everton» hujumchisi Betoga ham qiziqish bildirmoqda.

Zirkzee «Manchester Yunayted» safida 2024 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. U «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishidan avval «Bolonya» sharafini himoya qilgan.

Ayni paytda niderlandiyalik futbolchining bozor qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 12:47, 29.08.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик