Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

Prevyu. “Navbahor” – “Nasaf”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. 

Mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 3 marta, ya’ni, 1993, 2022 va 2024 yillarda ushbu musobaqaning final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda tegishlicha “Paxtakor” (1993, 0:3), “Nasaf” (2022 yil, 1:2) hamda “Andijon” (2:3) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“Nasaf” esa 4 marta – 2015, 2021, 2022 va 2023 yillarda O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan hamda ushbu musobaqaning 5 karra (2003, 2011, 2012, 2013, 2016) finalchisi hisoblanadi.

E’tiborlisi, qarshiliklar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida ikki marta “Paxtakor” (2003, 2011 yillar), ikki marta “Bunyodkor” (2012-2013 yillar) va bir marta “Lokomotiv” (2016 yil)dan mag‘lubiyatga uchrashgan.

“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari O‘zbekiston kubogi bahslarida o‘zaro 12 marta uchrashishgan.

Mazkur o‘yinlarning 9 tasida “ajdarlar”, 3 tasida esa “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Ushbu uchrashuvlarda qarshiliklar namanganliklar darvozasiga 21 ta to‘p kiritishgan bo‘lsa, vakillarimiz “ajdarlar” darvozasiga 13 ta gol urishgan.

Barcha uchrashuvlar natijalari:

1992 yil. 1/16 final

“Navbahor” – “Paxtachi” – 4:0

“Paxtachi” – “Navbahor” – 3:0 

1996 yil. 2-raund

“Navbahor” – “Dinamo-Nasaf” – 3:1

2001 yil. 1/8 final

“Nasaf” – “Navbahor” – 3:0

2003 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Nasaf” – 1:2

“Nasaf” – “Navbahor” – 3:1

2014 yil. Chorak final

“Navbahor” – “Nasaf” – 0:1

“Nasaf” – “Navbahor” – 3:1

2019 yil.CHorak final

“Navbahor” – “Nasaf” – 0:1

2020 yil. Chorak final

“Navbahor” – “Nasaf” – 1:2

2022 yil. Final

“Navbahor” – “Nasaf” – 1:2

2024 yil. Guruh bosqichi. 1-tur

“Nasaf” – “Navbahor” – 0:1.

Izoh: “Nasaf” jamoasi 1992 yili “Paxtachi”, 1996 yili esa “Dinamo-Nasaf” deb yuritilgan.1997 yildan esa “Nasaf” deb nomlangan. 

 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining  1/8 finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” bahsi 30  avgust kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:00 da start oladi.   

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: fcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:25, 29.08.2026.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик