Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Rio Ngumoa bilan yangi shartnoma imzolaydi

«Liverpul» Rio Ngumoa bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

«Liverpul» qanot hujumchisi Rio Ngumoa yaqin vaqt ichida klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Shanba kuni angliyalik futbolchi 18 yoshga to‘ldi. Endi mersisaydliklar u bilan to‘liq va uzoq muddatli professional shartnoma tuzish imkoniyatiga ega.

Transfer News Live nashri Liverpool Echo’ga tayanib xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv yaqin orada rasmiylashtiriladi.

Yoz boshida Ngumoaga «Bavariya» qiziqish bildirgan edi. Biroq «Liverpul» istiqbolli akademiya tarbiyalanuvchisini sotish niyati yo‘qligini darhol ma’lum qilgan.

Rio Ngumoaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. U asosiy jamoa safida jami 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:53, 30.08.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик