Kodi Gakponing "Manchester Siti"ga kutilayotgan transferi fonida "Liverpul" uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchini tanladi.
Avvalroq "Manchester Siti" niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" Fransiyaning "Lill" klubi hujumchisi Matias Fernandes-Pardo bilan muzokaralarni boshlagan. 21 yoshli futbolchi klubdan ketish istagi sabab avvalroq jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi.
Shu bilan birga, belgiyalik hujumchiga "Nyukasl" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fernandes-Pardo yangi mavsumda hali maydonga tushmadi. O‘tgan mavsumda esa u 41 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.













