Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Manchester Siti" Gakpo transferi amalga oshishiga ishonmoqda

"Manchester Siti" Gakpo transferi amalga oshishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Kodi Gakpo yaqin vaqt ichida "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" niderlandiyalik futbolchi transferi amalga oshishiga ishonch bilan qaramoqda. Biroq buning uchun "Liverpul" avvalo Gakpoga munosib o‘rinbosar topishi kerak.

Kutilishicha, 27 yoshli futbolchining transferi "Manchester Siti"ga qariyb 100 million yevroga tushadi.

Shuningdek, Gakponing o‘zi Manchester klubi bilan 5 yillik shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgani aytilmoqda.

Gakpo 2023 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U PSVdan mersisaydliklar safiga qo‘shilganidan beri barcha musobaqalarda 182 ta uchrashuv o‘tkazib, 51 ta gol urgan va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:41, 30.08.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик