Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Rasman. Sofyan Amrabat «Ayaks» futbolchisiga aylandi

Rasman. Sofyan Amrabat «Ayaks» futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabat faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettiradi. 30 yoshli futbolchining yangi klubi Amsterdamning «Ayaks» jamoasi bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Amrabat «Ayaks» safiga erkin agent maqomida qo‘shilgan. Tomonlar 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Futbolchining avvalgi klubi Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi edi. Amrabat faoliyati davomida «Fiorentina», «Bryugge», «Feyenoord», «Utrext», «Verona», «Betis» va «Manchester Yunayted» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Sofyan Amrabat Marokash terma jamoasi safida 63 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Kiritildi: 13:52, 30.08.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик