Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Barselona» Livakovichni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti

«Barselona» Livakovichni La Ligada ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti

Baho:
+ | -

«Barselona» shu hafta Dominik Livakovich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Biroq kataloniyaliklar haligacha 31 yoshli xorvatiyalik darvozabonni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan. Bu haqda Marca xabar berdi.

Dastlab «Barselona» sport rahbariyati darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmagan edi. Jamoa sport direktori Deku Livakovichni oldindan shartnoma bilan ta’minlab, Voysex Shchesnining 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab, shartnomasi yakunlangach, o‘rniga keltirishni rejalashtirgan. Biroq keyin klub Livakovichdan joriy mavsumning o‘zida foydalanish mumkin, degan qarorga keldi.

Transfer rasman e’lon qilinganiga qaramay, «Barselona» moliyaviy «feyr-pley» talablari bilan bog‘liq cheklovlar sabab Livakovichni hozircha zayavkaga kirita olmayapti. Klub so‘nggi imkoniyatgacha kutishni rejalashtirmoqda va maosh limitida zarur joyni topishga umid qilmoqda.

Agar Livakovichni ro‘yxatdan o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, darvozabon ijaraga beriladi va 2027/28 yilgi mavsum boshida kataloniyaliklar safiga qo‘shiladi.

Kiritildi: 03:58, 31.08.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик