Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Brunu Fernandesh Ronalduga tenglashdi

Brunu Fernandesh Ronalduga tenglashdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasida "Ipsvich"ga qarshi o‘yin qahramoni bo‘ldi. Mankunianliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda portugaliyalik yarim himoyachi xet-trik qayd etdi.

Fernandesh 40, 61 va 68-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, 82-daqiqada Brayan Mbeumoning goliga uzatma berdi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, bu Brununing "Manchester Yunayted" safidagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi. Shu tariqa, u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha vatandoshi Krishtianu Ronalduga tenglashdi — har ikki futbolchi hisobida uchtadan xet-trik bor.

Fernandesh avval 2021 yil avgustda APL doirasida "Lids"ga, 2025 yil martda esa Yevropa ligasida "Real Sosyedad"ga qarshi uchtadan gol urgan.

Portugaliyalik futbolchi 2020 yil boshidan buyon "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 09:58, 31.08.2026.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик