"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi tarixida o‘z foydasiga urilgan avtogollar soni bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.
APLning 2-turida "MYU" "Ipsvich"ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Xarri Maguayrning zarbasidan keyin to‘p himoyachi Jeykob Grivzga tegib, mehmonlar darvozasidan joy oldi.
Bu "Manchester Yunayted" foydasiga qayd etilgan 80-avtogol bo‘ldi.
Shu tariqa, mankunianliklar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Liverpul"ni ortda qoldirdi. Mersisaydliklar foydasiga APL tarixida 79 ta avtogol urilgan.













