Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Inter» hujumchisi bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi

«Inter» hujumchisi bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi

Baho:
+ | -

Hujumchi Franchesko Espozito hozirgi klubi — Milanning «Inter» jamoasi bilan hamkorligini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Insayder ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 1 sentyabr, seshanba kuni 2031 yilga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomani imzolaydi. Futbolchining yillik maoshi 3 million yevroni tashkil etadi va bunga qo‘shimcha ravishda bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan.

21 yoshli hujumchi 2023 yil yozidan buyon «Inter» safida to‘p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchining bozor qiymati 45 million yevroga baholanmoqda.

Yangi A Seriya mavsumida Espozito 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:50, 31.08.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик