Ukrainalik vinger Mixail Mudrik, katta ehtimol bilan, yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar Londonning «Chelsi» klubini tark etadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachini ijaraga berish imkoniyati muhokama qilinmoqda. Futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida avvalroq ukrainalikka qiziqish bildirgan «Lids» ko‘rilmoqda. Mudrikning o‘zi esa faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni istaydi.
Shuningdek, OAVda Mudrikka «Tottenxem» ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
Mixail Mudrik 2023 yilda «Chelsi» futbolchisiga aylangan. Uning «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.













