Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» 18 yoshli darvozabon uchun 35 million yevro to‘laydi

«Liverpul» 18 yoshli darvozabon uchun 35 million yevro to‘laydi

Baho:
+ | -

Belgiyaning «Genk» klubi darvozaboni Lyukka Bryugmans «Liverpul»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya grandi belgiyaliklar bilan muzokaralar o‘tkazib, 18 yoshli darvozabon transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kutilishicha, Bryugmans «Liverpul» safiga kelasi yil yozida qo‘shiladi.

Darvozabon 2024 yil yozidan buyon «Genk» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Angliya chempionatining dastlabki ikki turidan so‘ng «Liverpul» 2 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:02, 31.08.2026.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик