Kirish Ro'yxatdan o'tish

Voltemade «Yuventus» bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi

Voltemade «Yuventus» bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchi Nik Voltemade bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda transferlar bo‘yicha jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda «Yuventus» va futbolchining amaldagi klubi o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Bitim ijara shaklida rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Morettoning qayd etishicha, yaqin soatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. «Byankoneri» klublar o‘rtasidagi kelishuvni tezroq yakunlash ustida ish olib bormoqda.

«Yuventus» Jonatan Devidni «Atletiko»ga yuborganidan so‘ng, transfer oynasi yopilishiga qadar hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 17:28, 31.08.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик