«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesni transfer qilish imkoniyati bo‘yicha London klubiga rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubi joriy yozda ilk bor 25 yoshli argentinalik futbolchi masalasida «Chelsi» bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqqan.
Klublar o‘rtasida muzokaralar boshlangan, Fernandes esa hozircha tomonlarning yakuniy qarori va kelishuv natijasini kutmoqda.
Avvalroq Enso Fernandes «Manchester Siti» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Argentinalik yarim himoyachi «Chelsi» safiga 2023 yilda «Benfika»dan ko‘chib o‘tgan.
Fernandes London klubi safida barcha musobaqalar doirasida 170 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













