Ispaniya chempionati — La Liganing 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Osasuna» o‘z maydonida «Xetafe»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqalarida urildi. 45+2-daqiqada Ante Budimir penaltini aniq amalga oshirib, «Osasuna»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda «Xetafe» hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo mezbonlar ustunlikni uchrashuv yakuniga qadar saqlab qoldi.
Shu tariqa, «Osasuna» uch turdan so‘ng ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
«Xetafe» esa 3 ochko bilan turnir jadvalining 14-pog‘onasida bormoqda.













