Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Nevill: «Arsenal»ning himoya va yarim himoya chizig‘i barchadan kuchli»

Nevill: «Arsenal»ning himoya va yarim himoya chizig‘i barchadan kuchli»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill «Arsenal» tarkibining kuchli tomonlari haqida fikr bildirdi.

Amaldagi Angliya chempioni yangi mavsumni ikki g‘alaba bilan boshladi. Dushanba kuni Mikel Arteta jamoasi safarda «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Agar sizdan «Arsenal»ning hujumchilarini o‘z jamoangiznikiga almashtirishni xohlaysizmi, deb so‘rashsa, «Manchester Yunayted», «Chelsi» yoki «Liverpul» o‘rnida bo‘lganingizda ehtimol o‘z hujumchilaringizni saqlab qolishni istardingiz.

Ammo himoyachilar va yarim himoyachilar haqida gap ketsa, ularning barchasini «Arsenal» futbolchilariga almashtirgan bo‘lardingiz», — dedi Nevill.

Uning so‘zlarini Arsenal Radar keltirdi.

«Arsenal» 6 sentyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi. Londonliklarning har ikkisi ham chempionatning dastlabki ikki turida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 08:46, 01.09.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик