Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Zambo-Angissa Kamerun termasidagi faoliyatini yakunladi

Zambo-Angissa Kamerun termasidagi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«Napoli» yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa Kamerun milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali xayrlashuv maktubini e’lon qildi.

«Kamerun terma jamoasida o‘ynash — har bir kamerunlik bolaning orzusi. Men bu orzuni amalga oshira olganimdan juda baxtliman va, eng avvalo, beqiyos darajada minnatdorman.

Kamerun terma jamoasiga ko‘p yil xizmat qilganimdan so‘ng, xalqaro faoliyatimni yakunlashga qaror qildim.

«Engilmas sherlar» libosini kiyish men uchun ulkan sharaf va cheksiz faxr manbai bo‘ldi», — dedi Angissa.

Futbolchining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Zambo-Angissa Kamerun terma jamoasi safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelgan.

Kiritildi: 08:55, 01.09.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик