Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Fofananing qaroriga kim sabab bo‘ldi?

Fofananing qaroriga kim sabab bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi yarim himoyachisi Yussuf Fofana bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchini Paulu Fonseka boshqarayotgan Fransiyaning «Lion» klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Aynan Fonseka omili Fofananing qaror qabul qilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Fransiyalik futbolchiga boshqa klublar ham qiziqish bildirgan. Ular orasida «Milan»dan o‘yinchilarni jalb qilishga ishtiyoqmand Turkiyaning «Galatasaroy» klubi ham bor.

Italiyaning derbyderbyderby.it portali nufuzli jurnalist Matteo Moretto ma’lumotlariga tayanib, transfer yaqin vaqt ichida amalga oshishi kutilayotganini xabar qildi.

Kelishuv haqida rasmiy e’lon seshanba kuni qilinishi kutilmoqda. Bitimning tafsilotlari esa hozircha sir saqlanmoqda.

Kiritildi: 09:09, 01.09.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик