«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik hujumchi Gabriel Jezusning kataloniyalik klubga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
31 avgust kuni braziliyalik futbolchi transferni rasmiylashtirish uchun Barselonaga yetib kelgan edi. Tomonlar Jezusning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan, bitim qiymati 10 million yevroni tashkil etadi, yana 4 million yevro bonuslar sifatida to‘lanishi mumkin.
«Gabriel — yuqori darajadagi hujumchi. U jamoaga ko‘p narsa bera oladi. U jarohatidan keyin tiklanish jarayonini boshdan kechirdi. Menimcha, hozir u bilan hammasi joyida. U bilan gaplashdim.
Menga uning uslubi, qanday o‘ynashi yoqadi. U bizning uslubimizga juda mos keladi. Bu ajoyib transfer. Deku fantastik ish qildi», — dedi Xansi Flik.













