Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya" Sanchoni qaytarishi mumkin, ammo unga maxsus shart qo‘yildi

"Borussiya" Sanchoni qaytarishi mumkin, ammo unga maxsus shart qo‘yildi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi vinger Jeydon Sanchoni jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar Germaniya klubi Sancho bilan shartnoma imzolashga qaror qilsa, futbolchi imzo pulidan voz kechishi va natijadorligiga kuchli bog‘liq bo‘lgan maosh tizimiga rozi bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, "Borussiya"da Sanchoning jismoniy holati borasida ham xavotirlar mavjud. Shu sababli klub futbolchi bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagan.

26 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"ni tark etgan va ayni paytda erkin agent maqomida.

Sancho 2021 yildan buyon "qizil iblislar" safida 83 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:10, 01.09.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик