Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Alvares «Atletiko»da qolishga qaror qildi

Alvares «Atletiko»da qolishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares klubda qolishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist va insayder Belen Sanches Garsiya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik forvard «Arsenal»ning taklifini rad etgan, shuningdek, boshqa bir qator klublarning takliflarini ham qabul qilmagan.

Avvalroq Alvares «Atletiko»dan uni «Barselona»ga qo‘yib yuborishni so‘ragani, biroq madridliklar kataloniyaliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortgani xabar qilingan edi.

O‘tgan mavsumda Alvares «Atletiko» safida 49 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq argentinalik futbolchi joriy yozda «Atletiko»ni tark eta olmasligiga ko‘nikkani va jamoa bilan birga mashg‘ulotlarga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 16:18, 01.09.2026.
O'qildi: 1335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик