Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Liverpul» «Seltik»ning 16 yoshli himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Liverpul» «Seltik»ning 16 yoshli himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Seltik»ning 16 yoshli markaziy himoyachisi Dara Jikiyemi transferini rasman yakunladi. Yosh futbolchi Premyer-liganing besh bosqichli jarayonidan o‘tganidan so‘ng, «Enfild»ga ko‘chib o‘tganini Instagram orqali tasdiqladi.

Jikiyemi Saymon Uaylz boshchiligidagi «Liverpul» U18 jamoasiga stipendiya shartnomasi asosida qo‘shiladi. Shu bilan birga, u 17 yoshga to‘lganidan keyin, ya’ni yanvar oyida imzolashi mumkin bo‘lgan professional shartnoma bo‘yicha ham avvaldan kelishuvga erishgan.

«Liverpul» bu transferni dastlab yanvar oyida amalga oshirishga uringan, ammo klublar transfer puli borasida kelisholmagan. Keyinchalik Jikiyemi «Seltik»ning stipendiya taklifini rad etgan va Shotlandiya klubi yakunda futbolchini tayyorlagani uchun kompensasiya olgan.

Jikiyemi so‘nggi sakkiz oy ichida «Liverpul» akademiyasiga qo‘shilgan to‘rtinchi yosh markaziy himoyachi bo‘ldi. Undan oldin klub Mor Talla Ndiaye, Noa Adekoya va Ifeani Ndukveni ham o‘z safiga jalb qilgan edi.

Ayni paytda Ndiaye va Adekoya U21 jamoasida jarohat olgani sabab, Jikiyemi qisqa vaqt ichida yuqori yosh toifasidagi jamoaga ko‘tarilishi mumkin.

Shotlandiya U16 terma jamoasi sardori hisoblangan Jikiyemi himoyadan to‘p bilan chiqishni yaxshi biladigan, faol va zamonaviy uslubda o‘ynaydigan markaziy himoyachi sifatida yuqori baholanmoqda. U «Seltik» U18 jamoasida muntazam asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Kiritildi: 16:37, 01.09.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик