Fransiya futboli afsonasi Mishel Platini "PSJ"ni Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi bor g‘olib chiqish uchun asosiy favorit deb hisoblamoqda.
"PSJ" uchinchi yulduzni qo‘lga kiritishi mumkinmi? Ha, chunki ular favorit va so‘nggi ikki yil davomida ajoyib futbol namoyish etib kelmoqda. "Pari Sen-Jermen"ga faqat tasanno aytish mumkin", — dedi Platini.
"PSJ" Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqan "Real"dan keyin bunday natijani takrorlagan ikkinchi jamoaga aylanishga harakat qiladi. Biroq bu maqsad sari hali uzoq yo‘l bor.
Shu bilan birga, parijliklarning Liga 1dagi dastlabki o‘yinlarda ketma-ket durang qayd etgani va Fransiya Superkubogida mag‘lubiyatga uchragani jamoa joriy mavsumda eng yuqori darajani saqlab qola oladimi, degan savollarni ham paydo qildi.
"PSJ" Chempionlar ligasining umumiy bosqichida bu mavsum "Barselona" va "Manchester Siti"ga qarshi ham maydonga tushadi.













