«Milan» yarim himoyachisi Yussuf Fofana «Lion»ga o‘tadi.
Klublar 27 yoshli futbolchining haq to‘lanadigan ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fransiya klubi yarim himoyachini 12 million yevro evaziga keyinchalik sotib olish huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar berdi RMC Sport jurnalisti Fabris Xokins. Djanluka Di Marsioning yozishicha, «Lion» ijara uchun 2 million yevro to‘laydi.
Fofana o‘tgan mavsum A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













