«Parma» «Fenerbaxche» himoyachisi Diyego Karlosning transferi amalga oshganini e’lon qildi.
33 yoshli braziliyalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga olindi.
Karlos o‘tgan mavsumni «Komo» safida o‘tkazdi. U A Seriyada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta sariq kartochka oldi.
Shuningdek, «Parma» «Sampdoriya» darvozaboni Simone Gidottini ham tarkibiga qo‘shib oldi.
26 yoshli italiyalik golkiper o‘tgan mavsumda V Seriyada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol o‘tkazib yubordi va 2 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













