Kirish Ro'yxatdan o'tish

Enso Fernandes «Chelsi» bilan xayrlashdi

Enso Fernandes «Chelsi» bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Enso Fernandes «Chelsi» bilan xayrlashdi.

«Shaharliklar» transfer oynasi yopilishi arafasida yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Transfer qiymati qariyb 145 million yevroni tashkil etdi.

«Hayotda ba’zan qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va men juda qiyin tanlov qarshisida qoldim. Buni avval ham aytganman, ammo yana bir bor takrorlamoqchiman: men «Chelsi»ga juda qattiq bog‘lanib qoldim. Bu klub doimo xayolimda va eng muhimi, qalbimda alohida o‘rin tutadi.

Biroq futbol qanday ishlashini ham yaxshi tushunaman. Sizlar futbolni qanchalik sevishingizni bilaman, chunki men ham xuddi shundayman. Ehtimol, sizlarning o‘rningizda bo‘lganimda, men ham xuddi shunday o‘ylagan bo‘lardim», — deb yozdi 25 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda «Chelsi» muxlislariga murojaat qilib.

Fernandes, shuningdek, sobiq jamoadoshlari va London klubining barcha xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

U murojaatini «Abadiy «ko‘k» bo‘lib qolaman. Rahmat, «Chelsi»», degan ta’sirli so‘zlar bilan yakunladi.

Kiritildi: 07:39, 02.09.2026.
O'qildi: 906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик