Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Renatu Sanshesh bilan shartnomani bekor qildi

«PSJ» Renatu Sanshesh bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

Renatu Sanshesh rasman «Pari Sen-Jermen»ni tark etdi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachining Parij klubi bilan shartnomasi dushanba kuni kechqurun bekor qilingan.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylandi va endi istalgan klubga to‘siqsiz o‘tishi mumkin.

«PSJ» Renatu Sansheshni 2022 yil yozida «Lill»dan 15 million yevro evaziga sotib olgan edi. Biroq u Parij klubining asosiy tarkibidan muqim joy egallay olmadi va keyinchalik «Roma» hamda «Benfika»da ijara asosida to‘p surdi. O‘tgan mavsumni esa Gresiyaning «Panatinaikos» klubida o‘tkazdi.

Yevropa chempioni «PSJ» safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Xabarlarga ko‘ra, Sansheshga Berlinning «Union» klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Angliyaning «Xall Siti» va «Ipsvich» klublari ham futbolchi uchun da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Kiritildi: 07:42, 02.09.2026.
O'qildi: 880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик