Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

«Bu xayrlashuv emas — yana uchrashamiz»: Mahamadjonovdan «Andijon» muxlislariga murojaat

«Bu xayrlashuv emas — yana uchrashamiz»: Mahamadjonovdan «Andijon» muxlislariga murojaat

Baho:
+ | -

«Andijon»dan Rossiyaning «Dinamo» Maxachqala klubiga transfer qilingan Mahmud Mahamadjonov sobiq jamoasi bilan xayrlashdi.

Futbolchi «Andijon» matbuot xizmati orqali klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlari va muxlislariga minnatdorlik bildirdi.

«Men uchun oson bo‘lmagan qarorni qabul qilib, yangi jamoa sari yo‘l olyapman.

Avvalo, shu vaqt davomida menga ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan va futbolchi sifatida rivojlanishimga katta hissa qo‘shgan jamoam rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoadoshlarim va muxlislarimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Alohida viloyat hokimimiz Shuhratbek Qushaqbayevichga ham futbolga, jamoamizga va biz futbolchilarga ko‘rsatgan e’tibori, qo‘llab-quvvatlovi hamda ishonchi uchun katta rahmat aytaman. Bu e’tibor va ishonch men uchun doimo qadrlidir.

Bu jamoada o‘tkazgan har bir kunim, birga qo‘lga kiritgan g‘alabalarimiz, boshdan kechirgan qiyinchiliklarimiz va yaxshi xotiralarim qalbimda qoladi.

Men bu jamoani tark etayotgan bo‘lsam ham, unga bo‘lgan hurmatim va mehrim doimo saqlanib qoladi. Menga berilgan ishonchni boshqa jamoada ham oqlashga va yanada katta marralar sari intilishga harakat qilaman.

Barchangizga yana bir bor katta rahmat. Sizlarga faqat omad, rivoj va yangi g‘alabalar tilayman!

Bu xayrlashuv emas — yana uchrashamiz», — dedi Mahmud Mahamadjonov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 16:25, 02.09.2026.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик