Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Liga 1 klublari futbolchi sotishdan misli ko‘rilmagan daromad oldi

Liga 1 klublari futbolchi sotishdan misli ko‘rilmagan daromad oldi

Baho:
+ | -

Liga 1 klublari yozgi transfer oynasida futbolchilar sotuvidan 1,33 milliard yevro daromad oldi. Bu Fransiya chempionati tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Shu bilan birga, fransuz klublari yangi futbolchilar xaridiga 600 million yevro sarfladi. Natijada Liga 1 jamoalarining sof transfer foydasi 730 million yevroga yetdi — bu ham chempionat uchun yangi rekord.

Yozgi oynadagi eng qimmat sotuv «PSJ» vingeri Bredli Barkolyaning «Liverpul»ga transferi bo‘ldi. Angliya klubi fransuz futbolchisi uchun 125 million yevro to‘laydi, yana 20 million yevro bonuslar ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin.

L’Équipe nashri ta’kidlashicha, bunday vaziyatga Liga 1da teletranslyasiya huquqlari bilan bog‘liq inqiroz ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

Joriy mavsumda Fransiya chempionati klublari BeIN Sports va DAZN tomonidan translyasiya huquqlari uchun to‘lov olmaydi. Shu sababli ko‘plab klublar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun futbolchilar sotuviga ko‘proq tayanishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 16:51, 02.09.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик