Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joze Mourinyo: «La Ligada g‘alabadan boshqa har qanday natija qoniqarsiz»

Joze Mourinyo: «La Ligada g‘alabadan boshqa har qanday natija qoniqarsiz»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Ligadagi raqobat boshqa Yevropa chempionatlariga qaraganda yuqori ekanini ta’kidladi.

Ertaga «Real» Ispaniya chempionatining 4-turi doirasida safarda «Betis»ga qarshi o‘ynaydi.

«“Atletiko” jiddiy raqobatchi bo‘ladi. Shubhasiz, ular bunga qodir ekanliklariga ishonishadi va buni his qilishadi. Bir xil murabbiy va mentalitet bilan barqarorlikni saqlash futbolda katta kuch hisoblanadi. Bundan tashqari, “Betis” va “Vilyarreal” kabi kuchli jamoalar bor, ular Chempionlar ligasida o‘ynaydi va ertaga bunga o‘zimiz amin bo‘lamiz. Bask jamoalari ham juda kuchli.

Menimcha, bu eng oson chempionat emas. Bu yerda boshqa ligalarda mavjud bo‘lmagan bosim seziladi, ya’ni doimo g‘alaba qozonish talabi bor. Germaniya yoki Fransiyada har yili xotirjamlik bilan chempion bo‘lishingiz mumkin. Bu yerda esa g‘alabadan boshqa har qanday natija yaxshi deb hisoblanmaydi», — dedi Mourinyo.

Kiritildi: 19:18, 03.09.2026.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик