Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Manchester Siti» «Bavariya» futbolchisi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan

«Manchester Siti» «Bavariya» futbolchisi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti»ning transfer maqsadi bo‘lgan.

«Shaharliklar»dan birinchi so‘rov hali mart oyidayoq kelib tushgan. Bayern & Germany nemis jurnalistlariga tayanib xabar berishicha, Angliya grandi Pavlovich uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan. Biroq futbolchining o‘zi darhol rad javobini bergani sababli klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralargacha borilmagan.

Qayd etilishicha, Aleksandr Pavlovich «Bavariya»da o‘zini qulay his qilmoqda va myunxenliklar bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlaydi. 22 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

«Manchester Siti» esa Ayyub Buaddi nomzodiga e’tibor qaratdi va yakunda uni «Lill»dan 95 million yevro evaziga sotib oldi.

Kiritildi: 06:05, 04.09.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик