Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

«MYU» Rauma bilan shartnoma imzolashi mumkin edi

«MYU» Rauma bilan shartnoma imzolashi mumkin edi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida chap qanot himoyasidagi muammoni hal qila olmaganini tan oldi.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar «Leypsig» himoyachisi David Raumni transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo bu variantdan voz kechgan. Yoz davomida klubga nemis futbolchisini taxminan 30 million funtga sotib olish mumkinligi haqida xabarlar kelib turgan.

Biroq «MYU»da futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash va transfer uchun katta mablag‘ sarflash «transfer siyosatining keyingi bosqichini izdan chiqarishi» mumkin, deb hisoblangan.

«MYU»ning asosiy maqsadi Lyuis Xoll bo‘lgan, ammo «Nyukasl» muzokara olib borishdan bosh tortgan. Chap qanot himoyasi uchun qisqa muddatli variantlar ham o‘rganilgan. Rayan Ayt-Nurining vakillari futbolchini ijaraga olishni taklif qilgan, ammo «Manchester Siti» mavsum yakunida majburiy sotib olish bandini talab qilgan. «Qizil iblislar» esa bunga rozi bo‘lmagan.

«MYU»da chap qanot himoyachisi pozisiyasidagi muammoni hal qilish uddalanilmaganini tan olishmoqda. Ehtimol, klub bu masalaga qishki transfer oynasida yana qaytib keladi.

Kiritildi: 06:38, 04.09.2026.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик