Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Mirko Yelichich: "Navbahor"ga 1-2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin bo‘ladi"

Mirko Yelichich: "Navbahor"ga 1-2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 20-turida "Navbahor"ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis Namangandagi bahs jismoniy va texnik jihatdan og‘ir o‘tishini oldindan kutganini ta’kidladi.

"Jismoniy va texnik tomondan bu o‘yin ikkala jamoa uchun ham shunday qiyin bo‘lishini kutgandik. Taktik jihatdan bu maydonda harakat qilish juda qiyin. Bugun ikkala jamoa ham g‘alaba uchun kurashdi va bunga xohish yuqori edi.

Hozir tarkibimizda bir qancha asosiy futbolchilar yo‘q. Shu sababli rotasiyada qiynaldik va o‘zimizning eng yaxshi tarkibimiz bilan kela olmadik", — dedi Yelichich.

Murabbiy ikkinchi bo‘limda amalga oshirilgan o‘zgarishlar "Lokomotiv" o‘yiniga ta’sir qilganini ham izohladi. Uning aytishicha, Shuhrat Muhammadiyev jarohat alomatlarini his qilgani uchun almashtirilgan. Uzoq vaqtdan beri maydonga tushmagan Diyor Turopovga esa o‘yin amaliyoti berish rejalashtirilgan.

"Bizga nimalar yetishmayotganini ko‘rdik va buni kimlar orqali o‘zgartira olishimizni tushundik. Menimcha, zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirishni biroz kechroq boshladik", — dedi mutaxassis.

Yelichich Abrayev, Shodiboyev, Reimov va Ibraimovning terma jamoalar yig‘inlarida ekani "Lokomotiv"ning hujumdagi imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaganini qayd etdi.

"Ularning barchasi hujumkor futbolchilar. Ular tezlikni oshirishda yordam beradi. Bugun Turopov va Yaxshiboyevdan tashqari zaxirada asosan yoshlar o‘tirdi. Oldimizda deyarli tanlov qolmagandi. Ular hali bir oy davomida tarkibda bo‘lishmaydi va bu bizga qiyinchilik tug‘diradi", — dedi Yelichich.

Shuningdek, "Lokomotiv" ustozi "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlariga ham baho berdi.

"Juda qiyin. Jadval yuqorisidagi ikki jamoa ancha oldinlab ketgan. Ularni "ushlab olish", menimcha, endi deyarli imkonsiz. "Navbahor" sifatli jamoa, tarkibida yaxshi futbolchilar bor va ular jadvalning yuqori qismida bo‘ladi. Lekin 1 yoki 2-o‘ringa ko‘tarilish juda qiyin", — dedi u.

Yelichichning ta’kidlashicha, "Lokomotiv"ning asosiy maqsadi barqaror jamoa shakllantirish va tajribali futbolchilar yordamida yoshlarni rivojlantirishdan iborat.

"Yoshlarga ko‘proq imkoniyat bersak, kelgusi mavsumda ular bizga yaxshigina yordam beradi", — deya fikrini yakunladi mutaxassis.

Manba: "Локомотив" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:22, 04.09.2026.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик