Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Joau Nevesh «PSJ»dagi 100-o‘yini haqida fikr bildirdi

Joau Nevesh «PSJ»dagi 100-o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«PSJ» yarim himoyachisi Joau Nevesh Fransiya chempionatining 3-turida «Monako»dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

«Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bugun men «Pari Sen-Jermen» safidagi 100-uchrashuvimni o‘tkazdim, ammo afsuski, g‘alaba qozona olmadik.

Doim aytganimdek, jamoa har qanday alohida futbolchidan muhimroq. Shuning uchun bugun men baxtli bo‘la olmayman.

Qanday o‘ynaganimizdan faxrlanaman, ammo «Monako» — tarkibida ko‘plab sifatli futbolchilar bor juda kuchli jamoa. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishga harakat qildik va buni uddaladik, ammo ko‘proq gol ura olmadik.

Klubga kelganimdan beri muxlislarimiz kelmagan birorta o‘yinni eslay olmayman. Ular aql bovar qilmas darajada ajoyib, hayotimda ko‘rgan eng yaxshi muxlislar. Juda afsus, chunki ular bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishdi, biz esa ularga g‘alaba sovg‘a qila olmadik», — dedi Nevesh klub matbuot xizmatiga.

«Monako» 3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «PSJ» esa 2 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 07:49, 05.09.2026.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик