Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Luis Enrike «Monako»dan mag‘lubiyatdan keyin jamoadagi muammoni aytdi

Luis Enrike «Monako»dan mag‘lubiyatdan keyin jamoadagi muammoni aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 3-turida «Monako»ga (1:2) qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoada kimlar o‘z o‘yinini yaxshilashi kerakligi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis parijliklar bosh murabbiyi sifatidagi to‘rtinchi mavsumidagi motivasiyasi haqida gapirdi.

«Men muxlislarimiz bilan bir xil hissiyotdaman. Biz ajoyib jamoa bo‘lgan «Monako»ga qarshi o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, ammo ular uchrashuvni bizning pressingimizdan juda yaxshi chiqib ketish qobiliyati bilan boshlashdi. O‘yinning dastlabki daqiqalari og‘ir kechdi, ammo umuman olganda, menimcha, biz shubhasiz g‘alabaga loyiq edik.

Futbolchilardan mamnunman, garchi biz individual va jamoaviy jihatdan yanada kuchayishimiz kerak bo‘lsa-da. Murabbiy sifatida men ham o‘z ustimda ishlashim lozim, chunki turnir jadvalidagi holatimiz yaxshi emas.

Biz qiziqarli loyihaning bir qismimiz. Bir jamoa bosh murabbiyi sifatida to‘rtinchi mavsumimni boshlayotganim birinchi marta. Hozirgi motivasiyam bu yerdagi ishimning dastlabki kunlaridagidan ham yuqori. Prezident va klub rahbariyatining ishonchi men uchun juda muhim. Hanuz motivasiyam yuqori va juda baxtliman. Parijda uzoq vaqt qolishga umid qilaman», — deya Enrikening so‘zlarini parijliklar rasmiy sayti keltirdi.

Liga 1 turnir jadvalida Luis Enrike shogirdlari 3 turdan keyin 2 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:52, 05.09.2026.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик