Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Manchester Siti" va yana APLning ikki klubi Baenaga qiziqmoqda

"Manchester Siti" va yana APLning ikki klubi Baenaga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Atletiko" Madrid vingeri Aleks Baena "Manchester Siti" va Angliya Premyer-ligasining boshqa klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Manchester Siti", "Nyukasl" va "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda.

Biroq "Atletiko" Baenani sotishni rejalashtirmayapti. Shu sababli yanvarda transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, nomlari qayd etilgan klublar futbolchining transferi bo‘yicha vaziyatni o‘rganib ko‘rish niyatida. Muzokaralar yanvarda boshlanishi, transfer esa keyingi yozda amalga oshishi ehtimoldan xoli emas.

Joriy La Liga mavsumida Baena 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:32, 05.09.2026.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик