«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Paulo Dibala va Evan Ndika «Atalanta»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilganini ma’lum qildi.
Dibala hafta davomida mushaklaridagi charchoq sabab mashg‘ulotlarni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazgan edi. Gasperini argentinalik futbolchining tibbiy tekshiruvlari jiddiy muammoni aniqlamaganini va u mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazilishini aytgan. Ndika esa «Lechche»ga qarshi uchrashuv oldidan mashg‘ulot vaqtida mushaklaridagi noqulaylik sabab tarkibdan chiqarilgandi. Biroq himoyachi tiklanib, «Atalanta»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor ekanini ko‘rsatdi. Dibala va Ndikadan tashqari Lorenso Pellegrini hali to‘liq tiklanmagani sabab qaydnomaga kiritilmadi.













