Kirish Ro'yxatdan o'tish

Superliga. "Qizilqum" "Buxoro"ni yengdi

Superliga. "Qizilqum" "Buxoro"ni yengdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi. Sermahsul kechgan bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 42-daqiqada ochildi. "Buxoro" futbolchisi Xurshid Muxtorov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va "Qizilqum" birinchi bo‘limni minimal ustunlik bilan yakunladi.

Tanaffusdan keyin gollar soni yanada ko‘paydi. 52-daqiqada Jaba Jigauri Ruslan Roziyevning uzatmasidan keyin mezbonlarning ikkinchi golini urdi. 64-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 3:0.

Shundan so‘ng "Buxoro" kambek qilishga urinib ko‘rdi. 73-daqiqada Sherzod Esanov mehmonlarning birinchi javob golini urgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Nika Kacharava hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida "Buxoro" futbolchisi Anvar Jo‘rayev maydondan chetlatildi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va "Qizilqum" muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi — 3:2.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:20, 05.09.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик