Kirish Ro'yxatdan o'tish

Muslich: «Bavariya»ga qarshi faqat himoyalanishning o‘zi yetarli emas»

Muslich: «Bavariya»ga qarshi faqat himoyalanishning o‘zi yetarli emas»

Baho:
+ | -

«Shalke 04» bosh murabbiyi Miron Muslich Bundesliganing 2-turida «Bavariya» bilan 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.

«Bizda yaxshi reja bor edi va uni deyarli mukammal bajarishimiz kerak edi. Chunki «Bavariya»ga qarshi faqat himoyalanishning o‘zi yetarli emas. Ular har qanday vaziyatga yechim topa oladi, bundan tashqari, jamoaning ham umumiy, ham individual mahorati juda yuqori», — deya mutaxassisning so‘zlarini «Bavariya» rasmiy sayti keltirmoqda.

«Biz o‘z oldimizga himoyada o‘ynashdan va qiyinchiliklarga chidashdan zavq olish vazifasini qo‘ydik. Aynan shu xususiyat o‘tgan mavsumda bizni kuchli qilgan edi. Albatta, ayrim vaziyatlarda biroz omad ham kerak bo‘ladi, ammo bugun biz bu omadga loyiq edik.

Bunday natijaga erishish uchun juda ko‘p omillar bir vaqtda ishlashi kerak: xarakter, kayfiyat, qiyinchiliklarga chidashga tayyorlik va matonat. «Bavariya» to‘xtamaydi, lekin biz ham to‘xtamaymiz», — dedi Muslich.

«Shalke 04» 1 ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:53, 06.09.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик